Gyundogan: "Turli mish-mishlar tarqalishi – normal holat"
20 apr 2023 12:22
Yangiliklar
Gyundogan: "Turli mish-mishlar tarqalishi – normal holat"
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan kelajagi haqida gapirdi.
32 yoshli xavbekning "shaharliklar" bilan shartnomasi mavsum oxirigacha mo'ljallangan.
"Turli mish-mishlar tarqalmoqda. Menimcha, bu normal holat. Ammo tafsilotlarga kirmasdan aytamanki, hali hech narsa hal qilinmagan. Albatta, klub bilan muzokaralar davom etmoqda va shuning uchun shartnomani uzaytirish to'g'risida qaror qabul qilinsa, bu haqda birinchilardan bo'lib xabar topasiz", – dedi futbolchi.
Oldinroq Gyundoganning agenti futbolchining "Barselona" bilan kelishuvi haqidagi malumotni rad etgan edi.
Fikrlar