Gyundogan: "Manchester Siti" va "Liverpul" nafaqat Angliya, balki butun Evropaning eng yaxshi ikki jamoasi sanaladi"
17 okt 2022 21:08
Yangiliklar
Gyundogan: "Manchester Siti" va "Liverpul" nafaqat Angliya, balki butun Evropaning eng yaxshi ikki jamoasi sanaladi"
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan APL 11-turidan o'rin olgan "Liverpul"ga qarshi o'yinda (0:1) jamoasining mag'lubiyati haqida fikr bildirdi.
“O'yindan hafsalamiz pir bo'ldi. Bir-ikkita yaxshi golli vaziyatlarni golga aylantira olmadik hamda raqibga gol urish uchun imkoniyat taqdim etdik. Saloh birinchi imkoniyatni golga aylantira olmagani bizga asqotgandi, lekin u ikkinchi imkoniyatdan foydalandi.
"Manchester Siti" va "Liverpul" so'nggi bir necha yil ichida Angliyaning, ehtimol, butun Evropaning eng yaxshi ikkita jamoasi sanaladi. Albatta, bunday raqiblarning o'yini keskin va tajovuzkor bo'lishi kerak edi. Qolaversa, tribunalarda juda ko'p muxlislar to'planishdi. O'yin ajoyib ruhda o'tishini hamma bilardi. Ammo natija biz uchun salbiy bo'ldi", - dedi Gyundogan.
Fikrlar