Gyundogan Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlamoqchi emasligini malum qildi
23 avg 2021 16:53
Yangiliklar
Gyundogan Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlamoqchi emasligini malum qildi
Yarim himoyachi Ilkay Gyundogan Germaniya termasidagi faoliyatini yakunlamoqchi emas.
"Men terma jamoa bilan hali yakunlamadim. Evropa chempionatidan chiqib ketganimizdan juda ham xafa bo'ldim. O'zimga kelishim uchun vaqt kerak bo'ldi.
Flik bilan telefon orqali gaplashdim, biz uzoq suhbat qurdik. U menga muvaffaqiyat qozonmoqchi ekanligini va bu jamoada qanday rol o'ynashim kerakligini tushuntirdi", - deydi Gyundogan.
Gyundogan 2011 yildan beri Germaniya terma jamoasida o'ynaydi. 30 yoshli xavbek 49ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urishga erishgan.
Fikrlar