Gyuler jarohat tufayli kamida 2 oyni o'tkazib yuboradi
01 avg 2023 17:40
Yangiliklar


Gyuler jarohat tufayli kamida 2 oyni o'tkazib yuboradi
Madridning "Real" klubi yangi azosi Arda Gyuler jarohati tufayli kamida 2 oy maydonga tusha olmaydi.
Avvalroq 18 yoshli yarim himoyachi madridliklar bilan mashg'ulotlarda jarohat olgani haqida xabar berilgandi. Yarim himoyachi shu tufayli madridliklarning AQSHdagi turnesini muddatidan avval yakunladi. Yaqin orada u Madridga qaytib, davolanishni boshlaydi.
Madridning "Real" klubi 6 iyul, payshanba kuni "Fenerbaxche"dan Gyulerni sotib olganini elon qilgandi.
Transfermarkt portaliga ko'ra, "qaymoqranglilar" futbolchi uchun 20 million evro to'lagan. Xavbek madridliklar bilan 2029 yilning iyun oyi oxirigacha shartnoma imzoladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar