Gvardiolaning ukasi Pepning asosiy orzusi haqida gapirdi

Eldor Akmurzayev
2 iyun 2020, 19:20
Luis Suaresning agenti bo'lgan Pere Gvardiola “Man Siti”da faoliyat olib borayotgan akasining maqsadi haqida gapirdi.

“Xosep Braziliya terma jamoasida? O'ylashimcha, sizlarda yaxshi murabbiylar etarli, shu bois xorijlik mutaxassislar shart emas. Braziliya barcha sovrinlarni braziliyalik mutaxassislar bilan yutgan.

Xosep esa bir kun kelib terma jamoani boshqarishni xohlamoqda. Ko'ramiz, barchasi qanday kechar ekan, agar u taklifni qabul qilsa, voqealar rivoji qay tarzda tus oladi. Bu yaqin kelajakda ro'y bermaydi”, deya qayd etgan Pere.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Globo Esporte