Gvardiolaning onasi koronavirus sababli vafot etdi
06 apr 2020 19:23
Yangiliklar
Gvardiolaning onasi koronavirus sababli vafot etdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning onasi vafot etdi.
"SHaharliklar" matbuot xizmati xabariga ko'ra, Dolores Sala Karrio bugun Barselonada koronavirus sababli vafot etgan. U 82 yoshda edi.
"Klubda ishlaydigan barchaning nomidan Pep va uning oilasiga hamdardlik bildiramiz", - deb yoziladi klub bayonotida.
Oldinroq Gvardiola koronavirusga qarshi kurashish uchun Barselona kasalxonalariga 1 mln evro xayriya qilgandi.
Fikrlar