Gvardiolaga “Borussiya D” futbolchisi kerak

Aslanov Jasurbek
12 dek 2020, 09:15
Xosep “Siti” hujum chizig'ini kuchaytirish niyatida.

“Borussiya D” hujumchisi Erling Xoland faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Uning xizmatlariga shaxsan “Manchester Siti” ustozi Xosep Gvardiola qiziqib qolgan.

20 yoshli norvegiyalik “Borussiya”ga 2019 yil dekabrida 20 mln evr evaziga “Zalcburg”dan o'tgandi. Uning Dortmund bilan shartnomasi 2024 yil yoziga qadar mo'ljallangan.

Futbolchi joriy mavsum Bundesliga doirasida 8 ta o'yinda 10 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times