Gvardioladan so'ng Klopp ham o'z jamoasiga ispaniyalik o'yinchini olib kelmoqchi
17 iyu 2020 12:00
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/581868_original.jpg)
![](/upload/storage/581868_220.jpg)
Gvardioladan so'ng Klopp ham o'z jamoasiga ispaniyalik o'yinchini olib kelmoqchi
"Bavariya" yarim himoyachisi Tiago Alkantara faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi mumkin.
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp klub rahbariyatiga jamoasida Tiagoni ko'rishni xohlayotganini aytgan.
Tiago ham o'z navbatida "Liverpul"ga o'tmoqchi. Xabarlarga ko'ra, tomonlar shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan.
O'yinchining transfer narxi muzokaralarni qiyin kechishiga olib kelishi mumkin. "Liverpul" Tiago uchun 25 mln evro to'lashga tayyor, ammo "Bavariya" 40 million evro talab qilmoqda.
Tiago joriy mavsum "Bavariya" safida Bundesliga doirasidagi 24ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.
→ "Manchester Siti" Torresga 5 yillik shartnoma taklif qildi. Muzokaralar yakunlovchi bosqichda
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar