So’nggi yangiliklar

15:10Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  19 15:04Расман: "Арсенал" собиқ ярим ҳимоячиси АПЛга қайтди  0 14:38"Рома" ҳужумчиси фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 14:10Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси  6 13:54"Насаф"га ганалик хавбек келмоқда  8 12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  1 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди  0 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  4 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  2 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  5 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  2 09:50Зайниддин Тожиев Пролига жамоасида иш бошлади  3

Gvardiola: “Yoshlarning kelajagi o'z qo'llarida” Yangiliklar

Gvardiola: “Yoshlarning kelajagi o'z qo'llarida”

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoasining Angliya kubogi doirasida “Port Veyl”ga (4:1) qarshi bahsdan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Biz Angliya kubogining keyingi bosqichiga yo'llanma oldik. Ushbu bahsga bor etiborimizni qaratdik. Birinchi taymda bir qator vaziyatlarda jiddiy kurash kechdi, ammo ikkinchi taymda vaziyatni o'z nazoratimizda saqlay oldik. O'ylashimcha, jamoa kutilganidek harakat qila oldi. 

“Port Veyl” bilan to'p tepish yoqimli bo'ldi. Men bu jamoa murabbiyi, sport direktori bilan ko'rishdim. Biz bu kabi klublarni boshqa klublar kabi qabul qilamiz. Ular ham buni shunday tushunishadi. Barchamiz bir maqsad – g'alaba sari harakat qilamiz. Ha, biz boshqa darajada o'yin namoyish etamiz, ammo maqsad hammada bir xil bo'ladi”.

“Yosh futbolchilari haqida ko'p gapirish shart emas, ular ko'proq o'qib-o'rganishlari lozim. CHunki yosh futbolchilarning kelajagi o'z qo'lida. Albatta, Xarvud-Bellis, Foden va Doyl uchun ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish muhim”, deydi “shaharliklar” ustozi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика