Gvardiola: "Venger qo'l ostida o'ynamoqchi edim, ammo u bo'sh joy yo'qligini aytgan"
25 fev 2018 13:28
Yangiliklar


Gvardiola: "Venger qo'l ostida o'ynamoqchi edim, ammo u bo'sh joy yo'qligini aytgan"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Arsenal"ga qarshi bo'lib o'tadigan Angliya liga Kubogi final uchrashuvidan oldin, futbolchi bo'lgan paytlarida "to'pchilar" safida o'ynamoqchi bo'lganini aytib berdi.
"Venger qo'l ostida o'ynamoqchi edim. Uchrashish uchun unga qo'ng'iroq qildim va u meni o'z uyiga taklif qilib, kaminani iltifot bilan kutib oldi. Premer-ligada o'ynashni orzu qilishimni va mutaxassisga yordam bera olishimni aytdim. Bu haddan tashqari o'ziga ishonishdek ko'ringan bo'lishi mumkin, ammo u tarkib to'liq va men uchun bo'sh joy yo'q dedi. Bu gaplarni to'g'ri tushundim, shunday ekan oramizda hech qanday muammo yo'q" - deydi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar