Gvardiola: "Uokerning ahvoli asta-sekin yaxshilanib bormoqda"
17 sen 2022 15:08
Yangiliklar
Gvardiola: "Uokerning ahvoli asta-sekin yaxshilanib bormoqda"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Vulverxempton"ga qarshi Angliya Premer-ligasining 8-tur uchrashuvi oldidan jarohati sabab maydonga tushmaydigan futbolchilar haqida gapirdi.
"Kayl Uokerga kelsak, uning ahvoli asta-sekin yaxshilanib bormoqda, ammo bu ertangi o'yinda uni maydonga tushirish imkoniyatini beradimi yoki yo'qligiga ishonchim komil emas. Ko'ramiz. Emerik Laport allaqachon mashg'ulotlarga qaytgan, biroq maydonga tusha olmaydi. Lekin hafta o'rtalarida safga qaytgan Fillips nisbatan yaxshi holatda", – dedi Gvardiola.
"SHaharliklar" APL 6 o'yinida 14 ochko to'plab, 2-o'rinda borishyapti. Jamoaning "Vulverxjmpton"ga qarshi o'yini Toshkent vaqti bilan 16:30 da start oladi.
Fikrlar