Gvardiola: "Siti" 2 ochko ortda qolyapti, ammo barchasi o'z qo'limizda"
27 apr 2023 07:58
Yangiliklar
Gvardiola: "Siti" 2 ochko ortda qolyapti, ammo barchasi o'z qo'limizda"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Arsenal"ga qarshi o'yindagi yirik g'alabadan so'ng (4:1) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Haqiqatdan ham yaxshi o'yin. Futbolchilar va murabbiylar shtabini tabriklayman.
Bu g'alaba juda muhim, biz o'yin boshidan oxirigacha yaxshi o'ynadik.
Ammo "Arsenal" haliyam turnir jadvalida etakchi. Haqiqat shuki, biz ikki ochko ortda qolyapmiz.
Navbatdagi uchta o'yin ko'p narsani hal qiladi deb o'ylayapman. "Fulxem" CHempionshipdan qaytgan va mavsumni ajoyib o'tkazmoqda. SHuningdek, biz uyda "Lids" va "Vest Xem" bilan o'ynaymiz. O'z arenamizda muxlislar sabab o'zimizni juda yaxshi his qilamiz.
Eng muhimi - taqdirimiz o'z qo'limizda. Mavsum oxirida ham barchasi o'zimizga bog'liq ekanligi barchasidan ham muhimdir", - dedi Gvardiola.
Fikrlar