Gvardiola: "Raqiblar ikkinchi bo'limda bizdan kuchliroq o'ynashdi"
14 jan 2021 12:21
Yangiliklar


Gvardiola: "Raqiblar ikkinchi bo'limda bizdan kuchliroq o'ynashdi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL doirasida "Brayton"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yin qiyin o'tishini bilgandik. "Brayton"da juda ajoyib xarakter shakllangan.
Birinchi bo'limni juda sifatli o'tkazdik, ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik. Tanaffusdan keyin esa bir necha qulay imkoniyatlardan foydalana olmadik. Raqiblar bizdan ko'ra yaxshiroq o'yin namoyish qildi. Bu biz uchun muhim dars bo'ldi.
Foden endigina 20 yoshga kirgan, biroq statistikaga qarang. Uning o'yinlari soni va samaradorligini boshqa futbol yulduzlari bilan solishtirib ko'ring. U ikkala qanotda ham o'ynay oladi, shuningdek, markaziy hujumda ham juda tartibli harakat qiladi", - dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
04:01
Pep Gvardiola "Tottenxem"ga qarshi o'yindan keyin Husanov haqida juda iliq fikrlar bildirdi 17

Fikrlar