Gvardiola: "O'z o'yinimizni kuchaytirish uchun "Bavariya" mag'lub bo'lishi kerak"
03 fev 2015 10:45
Yangiliklar


Gvardiola: "O'z o'yinimizni kuchaytirish uchun "Bavariya" mag'lub bo'lishi kerak"
"Bavariya" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Volfsburg"dan uchralgan mag'lubiyatning ijobiy tomonlari haqida so'zladi.
"Albatta men va futbolchilar bu uchrashuvdan so'ng juda xafamiz. Hech kim mag'lub bo'lishni istamaydi. Ammo o'yinimizni kuchaytirish uchun mag'lub bo'lishimiz kerak edi. "Bavariya" g'alaba qozonayotganda, bu jamoa jahonning eng kuchlisi hisoblanadi. Ammo yutqizishni boshlasa, bu katta fojeaga aylanadi. 11 oy davomida barcha uchrashuvlarda g'alaba qozonib bo'lmaydi" - deydi Gvardiola.

Fikrlar