Gvardiola ochko yo'qotilgani haqida: “Eng yaxshi o'yinlarimizdan biri”
19 fev 2023 08:25
Yangiliklar
Gvardiola ochko yo'qotilgani haqida: “Eng yaxshi o'yinlarimizdan biri”
APL 24-turida “Nottingem Forest” bilan safardagi durang (1:1)dan keyin “Manchester Siti” ustozi Pep Gvardiola o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
“Juda va juda zo'r harakat qildik. Ajoyib o'yin bo'ldi. Bizda qulay imkoniyatlar bo'ldi, ammo bu futbol, gol urishimiz kerak edi. Borimizni berishga intildik. Yaqqol gol urish uchun vaziyatlar juda ko'p bo'ldi.
Bu bizning eng yaxshi o'yinlarimizdan biri, ammo ikki ochkoni boy berdik, yanada tajovuzkorroq bo'lishimiz lozim”, deydi Gvardiola.
Eslatib o'tamiz, “shaharliklar” 2-o'ringa tushib ketdi va ular hisobida 52 ochko bor. “Arsenal” esa bitta zaxira bahsi bilan 54 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar