Gvardiola nega Sterlingga tashlanganini tushuntirib berdi
12 noy 2018 11:56
Yangiliklar
Gvardiola nega Sterlingga tashlanganini tushuntirib berdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs (3:1) yakunlanishi bilan nega yarim himoyachi Raxim Sterlingga tashlangani haqida gapirib berdi.
Gvardiola va Sterling bir qancha vaqt nimadir haqida suhbatlashishdi, matbuot anjumanida bu haqida savol berildi.
Malum bo'lishicha, ispaniyalik mutaxassis Sterlingning harakatlaridan ko'ngli to'lmagan ekan. So'nggi daqiqalarda 23 yoshli futbolchi to'p oldida raqsga tushishga urindi.
"U oyoqlari bilan bir nimalar qildi, bunday qilmaslik kerak. U hali yosh va o'sishi kerak" - deydi Gvardiola.
Fikrlar