Gvardiola navbatdagi g'alabadan so'ng nimalar dedi?
15 may 10:02
Yangiliklar
Gvardiola navbatdagi g'alabadan so'ng nimalar dedi?
Manchester Siti bosh murabbiyi Pep Gvardiola navbatdagi g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Menga jamoaning xursandchiligi yoqmoqda. Ular hali hech nima qo'lga kiritmaganlarini tushunib turibdilar. Bizning maqsad keyingi uchrashuvda g'alaba qozonib, chempionlikni saqlab qolish. Barchasi o'zimizning qo'limizda ekanligini odamni xursand qiladi.
O'tgan mavsumdagi trebldan so'ng biz ancha qiynaldik. Kevin olti oyga jarohat olib, safdan chiqdi. Orada Erlingda ham muammolar bo'ldi. SHunga qaramasdan jamoa mavsumni ajoyib yakunlashga harakat qilmoqda. Bizning oldimizda bitta uchrashuv qoldi va biz ushbu bahsda g'alaba qozonishimiz shart», — dedi Gvardiola.
Fikrlar