Gvardiola: “Muxlislar 20 daqiqadan keyin 4:0 yoki 5:0 hisobida oldinda borishimizni xohlashadi, ammo …”
04 noy 2021 10:00
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/666820_original.jpg)
![](/upload/storage/666820_220.jpg)
Gvardiola: “Muxlislar 20 daqiqadan keyin 4:0 yoki 5:0 hisobida oldinda borishimizni xohlashadi, ammo …”
“Manchester Siti” ustozi Pep Gvardiola CHempionlar Ligasi 4-turidan o'rin olgan “Bryugge”ga qarshi o'yindagi yirik (4:1) g'alabadan keyin o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
“Juda mamnunman. Yaxshi o'ynadik. Javob golini o'tkazib yubordik, bu bizni biroz muvozanatdan chiqardi, ammo 2-taymda ham raqiblarga bosim o'tkazishda davom etdik va haqli tarzda gollar urdik. Muxlislar 20 daqiqadan keyin 4:0 yoki 5:0 hisobida oldinda borishimizni xohlashadi, ammo bu ilojsiz. Bu ertak. Ikki hafta oldin 5:1 natijasi bilan qo'lga kiritilgan g'alaba keyingi bahsda ham yirik hisobni kafolatlamagan edi. Raqibning javob goliga munosabatimiz va umuman o'yinimizdan juda ham mamnunman. Buni amalga oshirish ushbu musobaqada mushkul. Mazkur muvaffaqiyat biz uchun juda ham muhim”, deydi ispaniyalik mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar