Gvardiola "Manchester Siti"ning 31 yoshli futbolchisini qo'yib yuboradi
21 iyu 2017 11:45
Yangiliklar
Gvardiola "Manchester Siti"ning 31 yoshli futbolchisini qo'yib yuboradi
"Manchester Siti" himoyachisi Aleksandr Kolarov klubni tark etadi.
31 yoshli futbolchi xizmatlariga "Roma" qiziqish bildirmoqda, mankunianlar esa futbolchini ushlab qolmoqchi emas. Bu haqda "shaharliklar" ustozi Xosep Gvardiola malum qildi.
"Jamoada qolishni istamaydigan futbolchilar bilan ishlashni yoqtirmayman. Unda Rimga yo'l olish uchun katta imkoniyat bor. Kolarov ketmoqchi ekanligini aytdi. Unga eng yaxshi niyatlarimni tilayman" - deydi Gvardiola.
Oldinroq, serbiyalikning Rimga ko'chib o'tishiga uning katta maoshi (4,5 mln. evro) halaqit qilishi mumkinligi elon qilingan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar