Gvardiola "Manchester Siti"ni 2023 yilda tark etishni rejalashtirmoqda
15 sen 2021 19:27
Yangiliklar
Gvardiola "Manchester Siti"ni 2023 yilda tark etishni rejalashtirmoqda
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 2023 yilda hozirgi jamoasini tark etishi mumkin.
Manbaga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis "shaharliklar" bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas.
Xabar berilishicha, Gvardiola terma jamoalar bilan ishlash niyatida. Murabbiy Ispaniya terma jamoasini boshqarishni rejalashtirmoqda, u Luis Enrikening o'rnini egallashi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Gvardiola 2016 yilda "Manchester Siti"ni qabul qilib olgandi. Bu vaqt ichida "shaharliklar" uch marta Angliya chempioni bo'lishdi va bir marta CHempionlar Ligasi finaliga chiqishdi, biroq "CHelsi"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Fikrlar