Gvardiola "Manchester Siti"dan ketishi mumkin
15 fev 2020 11:43
Yangiliklar


Gvardiola "Manchester Siti"dan ketishi mumkin
Bunga sabab "shaharliklar"ning evrokuboklardan ikki yilga chetlatilgani. Bu haqda "The Telegraph" nashri xabar berdi.
Ana xolos! “Manchester Siti” ikki yilga ECHLdan chetlatildi
Manbaning malumotiga ko'ra, ko'p narsa "Manchester Siti" Sport arbitraj sudi (CAS)da Evropa futbol Associaciyalari Ittifoqi (UEFA)ning qarorini bekor qila olish yoki olmasligiga bog'liq.
Eslatib o'tamiz, UEFA "shaharliklar"ni 2 yilga CHempionlar ligasi va Evropa ligasida ishtirok etishini taqiqlab qo'ydi. Bundan tashqari, klubga 30 mln evro jarima ham solindi. "Manchester Siti" 2012 yildan 2016 yilgacha moliyaviy zararlarni berkitish maqsadida homiylik shartnomalaridan keladigan summalarni ko'tarib ko'rsatgan.
Agar "Manchester Siti" jazoni bekor qila olmasa, klub 2020/2021 va 2021/2022 yilgi mavsumlarda evrokuboklarda ishtirok etmaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar