Gvardiola: "Manchester Siti" futbolchilarida ortiqcha vazn yo'q"
27 iyu 2016 18:14
Yangiliklar


Gvardiola: "Manchester Siti" futbolchilarida ortiqcha vazn yo'q"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "shaharliklar" himoyachisi Gael Klishining so'zlarini rad etdi.
Oldinroq Klishi ortiqcha vaznga ega bo'lgan futbolchilar umumiy guruh mashg'ulotlarida ishtirok etmayotganini aytgan edi.
"Hech kimda ortiqcha vazn yo'q, ammo barcha futbolchilarimga yaxshi jismoniy tayyorgarlik kerak. Vazn juda muhim: Biz maydonda yugurishimiz, sakrashimiz, to'p uchun kurashishimiz lozim. O'yinlar esa har uch kunda bo'ladi. Jismoniy tayyorgarlik yaxshi bo'lmasa jarohatlar paydo bo'ladi" - deydi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar