Gvardiola "Liverpul" haqida fikr bildirdi
14 apr 2019 22:40
Yangiliklar


Gvardiola "Liverpul" haqida fikr bildirdi
Manchester Siti bosh murabbiyi Pep Gvardiola Kristal Pelasga qarshi o'yindan (3:1) so'ng o'z fiklari bilan bo'lishdi.
“Natijadan juda ham qoniqdim. 75-80 daqiqa yaxshi o'ynadik. Biroq, keyin ular gol urishdi. Biz so'nggi daqiqalarda to'p nazoratini yo'qotib qo'ydik. Lekin shunda ham o'yinimizdan ko'nglim to'ldi. «Liverpul» qolgan turlarning barchasida g'alaba qozonishini kutmoqdamiz. Sababi, o'z o'yinlarimizda muvaffaqiyatni qo'lga kiritishimizning o'zi bizga etarli bo'ladi. Oxirgi 2-3 mavsumni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazdik. Ikki mavsumning o'zida 183 ochko jamg'ardik va bizda yana 5ta uchrashuv zaxirada bor. Ushbu raqamlar bizning qanchalik kuchli ekanligimizdan dalolat beradi”, - deydi 46 yoshli mutaxasis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar