Gvardiola: "Lyovning qarori Saneni kuchliroq futbolchiga aylantirishi mumkin"
21 iyu 2018 16:17
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/445339_original.jpg)
![](/upload/storage/445339_220.jpg)
Gvardiola: "Lyovning qarori Saneni kuchliroq futbolchiga aylantirishi mumkin"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning fikricha, jamoa yarim himoyachisi Leroy Sane JCH-2018 uchun Germaniya terma jamoasi tarkibiga kirmagani haqida unutishi kerak.
"Leroy bir narsani tushunishi kerak, Levning bu qarori uni kuchliroq futbolchiga aylantirishi mumkin. U hali yosh, ikki yildan so'ng Evropa chempionati o'tkaziladi, 4 yildan keyin esa yana bir jahon chempionati.
Hammasi ortda qoldi. Milliy terma jamoa ustozi nima yaxshiligini o'zi hal qiladi. Leroy buni qabul qilishi va olg'a harakatlanishda davom etishi kerak. U o'z o'yinini kuchaytirishi lozim. Sane biz bilan ekanligidan xursandmiz" - deydi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar