Gvardiola: "Kruiffni uchratmagunimcha futbol haqida hech narsa bilmas edim"
25 mar 2016 18:45
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/202634_original.jpg)
![](/upload/storage/202634_220.jpg)
Gvardiola: "Kruiffni uchratmagunimcha futbol haqida hech narsa bilmas edim"
"Barselona" sobiq bosh murabbiyi, hozirda "Bavariya"ni boshqarayotgan Xosep Gvardiola Kataloniya klubi va Gollandiya terma jamoasi afsonasi Yoxan Kruiff haqida fikr bildirdi.
"Kruiffni uchratmagunimcha futbol haqida hech narsa bilmas edim. U doimo o'yinni boshqarish, maydonda ustunlik qilish muhimligini bilar edi. O'sha payt uning izdoshlari ko'paydi. U doimo o'z g'oyalariga ishonardi.
Yoxanni qo'lga kiritgan sovrinlar bilan emas, futbolni o'zgartirgani, "Ayaks", "Barselona" va Gollandiya qanday jamoaga aylangani bilan yodga olishadi. U buyuk o'qituvchi edi va Kruiffsiz hech narsaga erishmagan bo'lardim" - deydi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar