Gvardiola: "Klopp meni kechki ovqatga taklif qilsa bo'lardi"
16 okt 2022 18:45
Yangiliklar


Gvardiola: "Klopp meni kechki ovqatga taklif qilsa bo'lardi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Liverpul"dagi hamkasbi Yurgen Klopp bilan munosabatlari haqida gapirdi.
"O'rtadagi munosabatlar ajoyib. Biroq u bilan birga tushlik ham kechki ovqat ham tanavvul qilmaganmiz.
Yurgen yaqindagina klubi bilan yangi shartnoma imzoladi. SHu sababli u meni kechki ovqatga taklif qilsa bo'lardi", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
"Liverpul" - "Manchester Siti" uchrashuvi 20:30da start oladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar