Gvardiola ketgan taqdirda "Siti" ikki murabbiyni nishonga oladi

Mirjalol Normatov
16 fev 2020
"Manchester Siti" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoadan ketgan taqdirda ikki murabbiyning nomzodini ko'rib chiqadi.

"The Telegraph" xabariga ko'ra, Angliya klubi "Lester" bosh murabbiyi Brendan Rojers hamda "Tottenxem"ning sobiq ustozi Maurisio Pochettinoning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Siti" 2012-2016 yillar davomida moliyaviy qallobliklarga yo'l qo'ygani sababli 2 mavsum davomida evrokuboklarda ishtirok etmaydigan bo'ldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph