Gvardiola: "Ikkita mag'lubiyat tufayli "Siti" uslubini o'zgartirmoqchi emasman"

Aslanov Jasurbek
30 dek 2018, 13:31
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Sautgempton"ga qarshi bo'ladigan bahs oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida mag'lubiyatlar tufayli jamoa uslubi o'zgarmasligini aytdi.

"Ilk mavsumda uslubni o'zgartirmadik, endi ham bunday bo'lmaydi. Nega bunday qilishim kerak? Ikkita mag'lubiyat tufaylimi? Yo'q.

O'tgan mavsum shunday savollar berilgan. Bu "Barselona"ni boshqarganimda ham ro'y bergan. Mag'lubiyatga uchrasangiz, biroz asabiylashaman, 15 daqiqacha o'zimni yomon his qilaman. Keyin o'zimga kelib, nega mag'lub bo'lganimizni o'ylayman. G'alabalarda ham shunday" - deydi Gvardiola.

"Sautgempton" - "Manchester Siti" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 19:15da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal