Gvardiola: “Hujumda tajovuzkor o'ynadik”
26 noy 2020 08:40
Yangiliklar


Gvardiola: “Hujumda tajovuzkor o'ynadik”
“Manchester Siti” ustozi ECHL 4-turida “Olimpiakos” ustidan qozonilgan (1:0) g'alabadan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Guruh bosqichini qoyilmaqom tarzda o'tkazdik. “Olimpiakos”ga qarshi bahsda hujumda tajovuzkor o'ynadik. Raqib 9 kishi bo'lib himoyalanayotgan vaqtda bunday o'ynash oson emas. Markaziy himoyachilarimiz ajoyib harakat qildi. Umuman olganda ushbu bahsni top darajada o'tkazadik. Pley-off chiqish borasidagi maqsadimizga erishdik. Biz buni qila oldik, endi esa bor etiborimizni APLga qaratamiz”, — deydi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar