Gvardiola Holandning "Sevilya" qarshi o'yinda ishtirok etish-etmasligi haqida gapirdi
01 noy 2022 21:20
Yangiliklar


Gvardiola Holandning "Sevilya" qarshi o'yinda ishtirok etish-etmasligi haqida gapirdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Sevilya"ga qarshi o'yin oldidan hujumchi Erling Holandning holati haqida gapirdi.
Eslatib o'tamiz, hujumchi Angliya Premer-ligasining 14-turidan o'rin olgan “Lester”ga (1:0) qarshi o'yinni o'tkazib yuborgandi.
“Holand o'zini o'tgan dam olish kunlaridagiga qaraganda ancha yaxshi his qilmoqda, ammo u hali yuz foiz tayyor emas. Biz tavakkal qilmoqchi emasmiz”, – dedi Gvardiola.
Joriy mavsumda 22 yoshli norvegiyalik forvard barcha turnirlar doirasidagi 16 o'yinda 22 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Manchester Siti" 3 noyabr kuni CHempionlar ligasi guruh bosqichining 6-turi doirasida "Sevilya"ni qabul qiladi, uchrashuv 01:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar