Gvardiola ham "Manchester Siti" sardorining jamoadan ketishini tasdiqladi
27 dek 2019 17:23
Yangiliklar


Gvardiola ham "Manchester Siti" sardorining jamoadan ketishini tasdiqladi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa yarim himoyachisi David Silvaning kelajagi haqida fikr bildirdi.
Pepning aytishicha, tajribali xavbek kelasi yozda klubini o'zgartiradi.
"Biz Silvaning o'rniga kimnidir sotib olamiz deb o'ylamayman. Bizda bu poziciyada o'ynay oladigan futbolchilar bor. Boshqa tomondan yozga qadar yarim yil davomida bizda o'ylash uchun vaqt bor.
Hozir esa transferlar bozori uchun bizda boshqa maqsadlar bor. Silva yakunda jamoadan ketish haqida qaror qabul qildi va men uni qolishga ko'ndira olmayman. Bunday holat huddi Kompani bilan ham sodir bo'lgan edi. Biz uni yana bir yilga qoldirmoqchi edik, ammo unda boshqa rejalar bor ekan", - deydi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar