Gvardiola: “G'alaba qozonishimiz shart edi”
16 dek 2020 09:27
Yangiliklar


Gvardiola: “G'alaba qozonishimiz shart edi”
“Manchester Siti” ustozi Pep Gvardiola APL 13-turi doirasida “Vest Bromvich”ga qarshi bahsdan (1:1) so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Biz vaziyatlar yaratdik, o'yinni nazorat qildik, biroq g'alaba qozonishimiz shart edi. Bu o'yinda natija muhim. Biz esa yuta olmadik. Raqiblar bizning stadionga himoyalanish uchun kelishini tushunishimiz kerak. Ammo vaziyatlar sodir qilib, holatni o'zgartirishimiz kerak. Bugun esa bu ishni qila olmadik. Raqib jarima maydonida 10 kishiga qarshi o'ynash shunchaki oson ish emas. Mavsum uzoq davom etadi, agar biz yuqori cho'qqida bo'lishni xohlasak, bu erda g'alaba qozonishimiz kerak”, — deydi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar