Gvardiola: "Futbolda hujumchidan ko'ra darvozabon muhimroq"
26 dek 2021 13:52
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/675067_original.jpg)
![](/upload/storage/675067_220.jpg)
Gvardiola: "Futbolda hujumchidan ko'ra darvozabon muhimroq"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola darvozabon Ederson haqida fikr bildirdi.
"Ederson - "Manchester Siti"ning eng yaxshi transferlaridan biri bo'ldi. Ayni damda biz Edining eng yaxshi holatini ko'ryapmiz.
U biz uchun juda muhim futbolchi. Futbolda darvozabon hujumchidan ko'ra muhimroq hisoblanadi va u jamoaning asosi bo'ladi", - dedi Gvardiola.
28 yoshli Ederson 2017 yildan buyon "shaharliklar" tarkibida o'ynamoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar