Gvardiola: "Futbolchilarimga qoyil, "Bavariya" 13ta golli imkoniyat yaratdi"
17 dek 2014 13:45
Yangiliklar


Gvardiola: "Futbolchilarimga qoyil, "Bavariya" 13ta golli imkoniyat yaratdi"
"Bavariya" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Frayburg"ga qarshi Bundesliga 16-tur uchrashuvida o'z shogirdlarining o'yinidan ko'ngli to'lgani haqida takidladi.
Nemis grandi bu bahsda 2:0 hisobida g'alaba qozondi. "Bavariya" 16 turda o'z darvozasidan 3 marotaba gol o'tkazib yuborib Germaniya chempionatining rekordini o'rnatdi.
"Jamoamning o'yinidan ko'nglim to'ldi. "Frayburg" himoyada juda yaxshi harakat qildi, ammo bizning hujum chizig'imiz o'zini ko'rsata oldi. "Bavariya"da 13ta golli imkoniyat bo'ldi, lekin raqib darvozaboni yaxshi o'ynadi. Futbolchilarimga qoyil" - deydi mutaxassis.

Fikrlar