Gvardiola: "Chempionlik uchun haqiqiy kurash endi boshlanmoqda"
22 noy 01:50
Yangiliklar
Gvardiola: "Chempionlik uchun haqiqiy kurash endi boshlanmoqda"
"Mavsum ikki qismdan iborat: birinchisi yozgi transferlar oynasidan keyin boshlansa, noyabr oyidagi FIFA kunlaridan keyin yakunlanadi.
Tanaffus tugadi, endi mart oyiga qadar har ikki-uch kunda o'yinlar o'tkazamiz. Endi haqiqiy mavsum boshlanmoqda. Asosiysi - jadvalning yuqori qismida bo'lish, mavsum yakuniga oz vaqt qolganida chempionlik uchun kurashamiz.
"Arsenal" nafaqat ushbu mavsumda, balki, oldingilarini ham yuqori darajada o'tkazmoqda.
O'tgan mavsumda chempionlik uchun "Liverpul" bilan kurashgandik va hozir menga o'sha hissiyotlar qaytmoqda. O'shanda ularning ko'p ochko yo'qotmasligini kutgandim. Agarda ularni o'tkazib yuborsak, etib olishimiz juda qiyin bo'ladi.
Taqib qiladigan jamoalar bosim o'tkazishi kerak. Biroq biz endi noyabr oyidamiz. Bu paytda hech nima hal bo'lmaydi. Fevral va mart oylarida juda ehtiyotkor bo'lishimiz kerak. Mavsum endi boshlanmoqda", - dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar