Gvardiola: “Butun mamlakat “Liverpul” tarafda, ammo ...”
09 may 2022 08:55
Yangiliklar
Gvardiola: “Butun mamlakat “Liverpul” tarafda, ammo ...”
“Manchester Siti” ustozi Pep Gvardiola “Liverpul”ning Angliya chempionatidagi ishtirokiga to'xtaldi.
“Bir hafta oldin bizga hech kim ishonmagandi. Bu mamlakatda barcha “Liverpul”ni qo'llab-quvvatlaydi: matbuot ham, boshqalar ham.
Albatta, “Liverpul” evrokuboklarda qoyilmaqom tarixga ega. Biroq, APLda emas, ular bu musobaqada oxirgi 30 yil ichida atigi bitta unvonga ega chiqishdi.
Ammo vaziyat shunday. Biz esa 9 ochko jamg'arishimiz kerak. Ehtimol, oltitasi ham etarli bo'lar. Keyingi ikki uchrashuv qanday o'tishiga bo'gliq.
Taqdirimiz o'z qo'limizda va bu muhimi”, deydi Gvardiola.
Eslatib o'tamiz, mersisaydliklar hisobida 19 ta APL tituli bor, “Siti” hisobida esa 7 ta sovrin mavjud.
Fikrlar