Gvardiola "Bavariya"ga: "Siz 6ta sovrinni yutgan ikkinchi jamoasiz. Birinchisi - "Barselona"! Messiga qo'ng'iroq qilaman, ettinchi titul uchun o'ynaymizmi?"
12 fev 2021 16:28
Yangiliklar


Gvardiola "Bavariya"ga: "Siz 6ta sovrinni yutgan ikkinchi jamoasiz. Birinchisi - "Barselona"! Messiga qo'ng'iroq qilaman, ettinchi titul uchun o'ynaymizmi?"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Bavariya"ni klublar o'rtasidagi JCHda g'olib bo'lgani bilan original tarzda qutladi.
"Faxrlanaman. Barchani, ayniqsa Xansi-Diter Flikni, o'yinchilarni va xodimlarni tabriklayman.
Ammo Xansiga aytmoqchimanki, siz 6ta sovrinni ketma-ket yutgan ikkinchi jamoasiz. SHunday ekan, Messi va jamoaga qo'ng'iroq qilishim mumkin va biz ettinchi titul uchun o'ynaymizmi? Ayting, qaerda va qachon, biz o'sha erda bo'lamiz!", - deydi ispaniyalik mutaxassis "Bavariya" matbuot xizmati taqdim etgan videomurojaatda.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" 2009 yilda 6ta turli xil sovrinlarni qo'lga kiritgandi, "Bavariya" esa ushbu rekordni takrorladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar