Gvardiola: "Manchester Siti" "Liverpul" bilan raqobatlasha olmaydi"
30 dek 2018 12:45
Yangiliklar
Gvardiola: "Manchester Siti" "Liverpul" bilan raqobatlasha olmaydi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning fikricha, uning jamoasi APLning 19ta o'yinida etarlicha ochko to'pladi.
"Hozircha hammasi yaxshi. Birinchi davrada 44 ochko to'pladik. Agar mavsumning ikkinchi qismida ham shuncha ochko to'plasak, bizda 88 ochko bo'ladi. Bunday natija bilan chempion bo'lish mumkin. So'nggi 20 yil ichida chempion bo'lgan jamoalar bundan kamroq ochko to'plashgan.
"Liverpul" 9ta o'yinda gol o'tkazmay, raqib darvozasiga juda ko'p nishonga olishi haqida nima deyish mumkin. Agar hozir bizni ular bilan solishtirsangiz, "Liverpul" bilan raqobatlasha olmaymiz.
Futbolda oldindan bashorat qilib bo'lmaydi. 2, 3, 4 yoki 5ta o'yinda mag'lub bo'lishi mumkin. Hamma narsa bo'lishi mumkin" - deydi Gvardiola.
Fikrlar