Gvardiola Agueroning jamoadagi ahamiyati va unga o'rinbosar topish oson bo'lmasligi haqida
27 dek 2019 14:49
Yangiliklar


Gvardiola Agueroning jamoadagi ahamiyati va unga o'rinbosar topish oson bo'lmasligi haqida
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Serxio Aguero klub bilan kelishuvini uzaytiradimi yoki yo'q bilmaydi.
Hujumchining "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida nihoyasiga etadi.
"Unga o'rinbosar topish eng qiyin vazifalardan biri bo'ladi. U biz uchun almashtirib bo'lmas o'yinchi. Yangi forvard kelishi mumkin, lekin Aguero o'zgartirib bo'lmas. Klub uchun eng muhim palla, xatto CHempionlar ligasidagi ehtimoliy g'alabadan ham muhimroq bu - Agueroning KPR darvozasiga kiritgan chempionlik goli. O'sha muvaffaqiyat bir mavsumda to'rtta sovrin yutgandan ko'ra qadrliroq. Ertami yoki kech Aguero ketadi, buni uning o'zi hal qiladi. Uning o'rniga futbolchi topish oson bo'lmaydi", - dedi Gvardiola "Goal.com" nashriga bergan intervyusida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar