Gvardiola 1000 ochkolik dovonni zabt etdi!
28 noy 2020 23:12
Yangiliklar


Gvardiola 1000 ochkolik dovonni zabt etdi!
"Manchester Siti" Angliya chempionatining 10-turida "Byornli"ni mag'lub qildi (5:0).
Ushbu g'alabadan keyin "shaharliklar"ni boshqarayotgan Pep Gvardiola murabbiylik faoliyatidagi 1000 ochkolik dovondan oshdi.
49 yoshli kataloniyalik murabbiy milliy chempionatlarda jami 1002 ochka to'plagan: "Barselona" bilan 373 (152 o'yin), "Bavariya" bilan 257 (102 o'yin) va "Manchester Siti" bilan 372 (161 o'yin).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar