So’nggi yangiliklar

09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  0 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  1 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  4 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  3 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11

Guus Hiddinkning cobiq yordamchisi MTJda ish boshladi Yangiliklar

Guus Hiddinkning cobiq yordamchisi MTJda ish boshladi

Nigeriya terma jamoasining sobiq futbolchisi va hozirgi kunda murabbiylik faoliyati bilan shug'ullanayotgan CHima Mishel Oneke Samvel Babayanning taklifiga ko'ra O'zbekiston milliy terma jamoasining murabbiylar shtabida ish boshladi.

Milliy terma jamoada jarohatlar epidemiyasi tarqalganligi sababli, qolaversa, keyingi ikki o'yinga yuqori jismoniy tayyorgarlik ko'rish maqsadida Samvel Babayan Rossiyaning “Anji” klubida Guus Hiddinkning shtabida ishlagan Onekeni o'z yordamchilari safiga qo'shib oldi. U milliy terma jamoaning jismoniy tayyorgarliklar bo'yicha masul murabbiyi bo'lib tayinlandi. Uning asosiy vazifasi milliy terma jamoa futbolchilarining jismoniy formasini qisqa vaqt ichida yuqori cho'qqiga olib chiqib, bosh murabbiyga optimal tarkib bilan o'ynash imkoniyatini yaratib berishdan iborat bo'ladi.

42 yoshli Oneke asli nigeriyalik bo'lib, Gollandiya pasportiga ega va murabbiylik faoliyatining asosiy qismi Gollandiya bilan bog'liq. Futbolchi sifatida Nigeriya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Gollandiyada 8 dan ortiq jamoada o'ynab, faoliyati davomida 65 ga yaqin gol urgan. O'zbekiston terma jamoasida ish boshlaguniga qadar u Germaniyaning “SHtutgart” klubida jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy sifatida ishlab kelayotgan edi.

Futbolchi sifatidagi faoliyatining oxirgi yillarini Gollandiya chempionatida o'tkazgan Oneke tibbiyot bo'yicha oliy malumotni Gollandiyada oldi. Fitness bo'yicha oliy darajadagi diplomni qo'lga kiritgan mutaxassis Gollandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Roy Makaay, Rossiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Aleksandr Kerjakov kabi futbolchilarning shaxsiy fitness murabbiyi sifatida ish boshladi.

2011 yilning iyulida u gollandiyalik Guus Hiddink va braziliyalik Roberto Karlos bilan birga Maxachqalaning “Anji” futbol klubida ishladi. O'sha paytlarda “Anji” Rossiyaning eng kuchli uchligiga kirib, mamlakat Kubogining finaligacha etib borgandi.

“Anji” loyihasi tugatilgach, Oneke ham Rossiyani tark etadi. U 2013 yilda Greciyaning PAOK jamoasida fitness murabbiyi sifatida ish olib bordi. 2014 yilda PAOK jamoa bosh murabbiyi mashhur Xub Stevensni istefoga chiqarishi natijasida Oneke bosh murabbiy vazifasini bajaruvchilardan biri bo'lib mavsumning oxirigacha PAOKda ishlaydi. Mavsum yakunida PAOK Greciya chempionatida 2-o'rinni egallab, Greciya Kubogi finaliga chiqdi.

Onekeni juda qadrlaydigan Xub Stevens 2014 yilda Germaniyaning “SHtutgart” jamoasiga taklif qilindi va Stevens Onekeni o'zi bilan birga “SHtutgart”ga olib ketdi. Germaniyadagi faoliyati davomida Oneke va uning shtabi katta hajmdagi ishni amalga oshirdi va natijada “SHtutgart” ketma-ket 2 yil quyi ligaga tushib ketish xavfidan omon qoldi. Oneke O'zbekiston terma jamoasiga aynan “SHtutgart”dan uchirma bo'ldi.

Gollandiyaning Zeyst shahrida tug'ilgan Oneke 5 ta tilni, shu jumladan, rus tilini ham biladi. Uning Evropa darajasidagi bilimi, yuqori malakasi, boy tajribasi va rus tilini yaxshi bilishi kabi fazilatlari O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayanni Oneke hozirda O'zbekiston uchun eng yaxshi nomzod ekanligiga ishontira oldi. U O'zbekiston terma jamoasi ish olib borayotgan ikkinchi xorijlik mutaxassis sanaladi. Serbiyalik Deyan Jurjevich milliy terma jamoa murabbiylar shtabida ish olib borayotganiga ham 2 yildan oshyapti.

O'zbekiston terma jamoasi jahon chempionati saralash bosqichida 31 avgust kuni Uxan shahrida Xitoy, 5 sentyabr kuni esa Toshkentda Janubiy Koreya bilan o'ynaydi. Ayni paytda O'zbekiston 8 ta o'yindan keyin 12 ochko to'plab, to'g'ridan-to'g'ri qo'lga kiritilishi mumkin bo'lgan yagona yo'llanma uchun kurashda 2-o'rindagi Koreyadan 1 ochkoga ortda qolmoqda.


Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика