Guruhimizdagi yakuniy holat
15 jan 2018 15:23
Yangiliklar
Guruhimizdagi yakuniy holat
Xitoyda bo'lib o'tayotgan U-23 Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi o'rin olgan "A" guruhining barcha uchrashuvlari yakunlandi.
Vakillarimiz 3-turda ummonliklarni 1:0 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, parallel kechgan bahsda turnir mezboni Xitoy Qatar terma jamoasiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. SHunday qilib, vakillarimiz ikkinchi o'rin bilan keyingi bosqich yo'llanmasiga ega bo'lishdi.
| "A" guruhi | |||
|---|---|---|---|
| O'rin | Jamoa | O'yinlar soni | Ochko |
| 1 | Qatar | 3 | 9 |
| 2 | O'zbekiston | 3 | 6 |
| 3 | Xitoy | 3 | 3 |
| 4 | Ummon | 3 | 0 |
O'zbekiston terma jamoasi navbatdagi bosqichda "B" guruhida 1-o'rinni egallagan jamoaga qarshi o'ynaydi. Ayni damda ushbu guruhdagi holat quyidagicha:
| "B" guruhi | |||
|---|---|---|---|
| O'rin | Jamoa | O'yinlar soni | Ochko |
| 1 | Yaponiya | 2 | 6 |
| 2 | SHimoliy Koreya | 2 | 4 |
| 3 | Falastin | 2 | 1 |
| 4 | Tailand | 2 | 0 |
3-turda Yaponiya SHimoliy Koreya bilan o'ynasa, Falastin Tailandni mag'lub etishga urinib ko'radi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar