So’nggi yangiliklar

11:55"Атлетико" Хави билан келишиб олди  1 11:29"Киммих кўп йиллар давомида "Бавария" учун муҳим ўйинчи бўлиб келган"  1 11:01Кьеза "Ювентус"дан кетаётгани тасдиқланди  1 10:22Аббосбек Файзуллаев Олимпиададаги шароитлардан кўнгли тўлмаганини айтди  17 09:55Конор Галлахер «Атлетико» футболчиси - Фабрицио Романо  1 09:24Ламин Ямаль ўзига тегишли бўлган сертификатларни олди  1 08:56Фаолиятини якунлаган Кроос Германияда «Йил футболчи»си бўлди  3 08:28ЦСКА устози Аббосбек Файзуллаевнинг кечаги ўйинига баҳо берди  5 08:05Бугун Париж Олимпиадасида фақатгина бир нафар спортчимиз иштирок этади  2 07:32Флик «Реал»ни ўртоқлик учрашувида мағлуб этганидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 01:40АПЛ клуби "Ман Сити" хавбеки Филлипс билан шартнома имзолашга яқин  2 01:03"Реал" футболчиси клубдан кетиш ҳақида ўйламоқда  3 00:32Костич "Ювентус"дан кетадими?  1 00:05"Атлетико" Галлахер қарор қабул қила олмаётгани сабаб "Валенсия" билан Герранинг 25 млн евролик трансферини келишиб қўйди  1 23:25Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" 1:1, Ҳошимов "Металлург"даги биринчи расмий ўйинида қизил карточка олди  9

Guruhdagi uch o'yin tahlili. Bahrayn qanday o'ynaydi? Yangiliklar

Guruhdagi uch o'yin tahlili. Bahrayn qanday o'ynaydi?

Ertaga terma jamoamiz Bahraynning Riffa shahrida Osiyo va jahon chempionati birlashtirilgan saralash bosqichining 5-turida Bahrayn bilan maydonga tushadi.

Ayni paytda argentinalik mutaxassis Serxio Batista ustozlik qilayotgan jamoa uslubi, o'yinning malum holatlarida qay tariqa harakat qilishi va futbolchilari xususida o'quvchilarimizni tanishtirib o'tamiz.

Bahraynning o'yinlarini Osiyo Kubogida tomosha qildik. O'shanda bu jamoaga yaqqol etakchilar etishmayotgandek tuyulgandi. Yoki avvalgi avlod bilan taqqoslaganda, o'shanday saviyada o'ynaydigan futbolchilar etishmayapti. Bahraynning Kolumbiya, KXDR va Yamanga qarshi uchrashuvlaridagi holatlarni kuzatgan holda bu jamoaning kuchli va kuchsiz taraflarini takidlab o'tish mumkin.

Bahrayn arab jamoalari ichida ko'proq jamoaviy harakatlarga etibor qaratadigan terma sanaladi. SHunga qaramay, avvalgi avlodda Alo Hubay, Talal Yusuf singari yaqqol etakchi futbolchilar bor edi. Hozirgi avlod jamoasida esa bunday etakchilar ko'zga tashlanmaydi.

Darvozabon masalasida Bahraynda katta muammo yo'qdek. CHunki Said Muhammad qo'pol xatolarga unchalik ko'p yo'l qo'ymaydi. Himoyada esa bugungi raqibimiz turli jamoalarga qarshi turlicha o'ynagan. Masalan, Kolumbiya bilan uchrashuvda o'ta ko'p xato qilgan. KXDR va Yamanga qarshi o'yinlarda esa kamroq. Pozicion hujum vaqtida Bahrayn himoyada ancha chuqur, yani o'z darvozasiga yaqin hududda ikki qatorli himoya chizig'ini hosil qilgan holda o'ynaydi. Har bir futbolchi raqibning o'ziga mos hududdagi vakilini yopishga urinadi. Lekin tez harakat qilinsa va uzoq masofaga aniq to'plar etkazib berilganda markaziy himoyachilar xatolarga tez-tez yo'l qo'yishadi. Markazda o'ynaydigan Husayn Baba va Abdulla Hazza havodan oshirilgan to'plarni qaytarish va bir-birlarining o'rnini to'ldirishda doim ham kelishib harakat qilishmaydi. Hujumga himoyadan chiqishda jamoa ancha tez harakat qiladi. Bunda asosiy etibor qanot himoyachilarining faolligiga qaratiladi. Ko'proq chap qanotdagi to'p tepadigan Rashid Huti hujumlarda ishtirok etadi. U katta tezlikda sheriklari qanot tomon oshirgan to'pga etib kelib, bir urinishning o'zida jarima maydoniga oshirish yoki raqibni ortda qoldirishga urinadi. Islom To'xtaxo'jaev uni poziciyani to'g'ri tanlash evaziga engishga urinib ko'radi. O'ng qanot himoyachisi esa asosan pozicion hujumlar vaqtida hujumga qo'shiladi.

Markaziy yarim himoyada Fauzi Aaish to'pni ushlab turadigan va hujumlar yo'nalishini belgilaydigan asosiy futbolchi hisoblanadi. U Qatarning “Al Sailiya” klubida o'ynaydi. Abdulla Umar va Abdulvahod Malud esa hujumlar tashkil qilishda faollik ko'rsatishadi. Malud texnikasi evaziga raqiblarni ortda qoldirishga urinadi. Biroq bu tartibli o'ynagan KXDRga qarshi bellashuvda samara bermadi. Yaman bilan bahsda u ancha yaxshi harakat qildi. Yarim himoya bugungi kun futbolida ko'p narsani belgilab beradigan omil sanaladi. Haydarov, Ahmedov va Jeparovning faolligi kuzatilsa, maydon markazida tashabbusni o'z tomonimizga og'dirishimiz turgan gap. CHunki ular raqib safidagi o'yinchilarga nisbatan ko'proq ahamiyatli uchrashuvlarda qatnashishgan va uzoq vaqtdan beri birga o'ynab kelishmoqda.

Raqibdan to'pni olib qo'ygan pallada Bahrayn juda xavfli jamoaga aylanadi. Bunda to'p maydonning qaysi qismida qo'lga kiritilganidan qati nazar etibor tezkor hujum tashkil etishga qaratiladi. Yaman bilan bellashuvda bu ikki marta samara berib, Serxio Batista shogirdlari ikki to'p kiritishdi. Terma jamoamiz murabbiylar shtabi aynan shu holatga mashqlar jarayonida futbolchilar diqqatini tortishdi. To'pni yo'qotgan paytimizda tezkorlik bilan raqib hujumga o'tishi mumkin bo'lgan bo'sh hududlarni yopish muhim ahamiyatga ega.

Bahrayn to'pni egallab turgan pallada futbolchilarning aldamchi harakati yoki qanotlardan tezkorlik bilan raqib jarima maydoniga yorib kirishga intiladi. Himoyada to'g'ri o'ynagan holda ularning pozicion hujumini bemalol qaytarish mumkin. Yaman bilan o'yinda kiritilgan ikki to'p aynan pozicion hujumlardan keyin yuzaga keldi, biroq yamanliklar o'sha kuni juda bo'sh harakat qilishdi. KXDR bilan Bahrayndagi bellashuvda esa bunday tarzda uyushtirilgan hujumlar umuman foyda keltirmadi.

Hujumda Batista bir qator nomzodlarga ega. Yusuf Hilol, Sami Hussayni, Ismoil Abdullatif yoki Jeysi Jondan bir yoki ikki nafarini maydonga tushirishi mumkin. Bahrayn hozirgacha 6 ochko yo'qotib bo'lganini inobatga olsak, jamoa bugun hujumkor futbol namoyish etishga urg'u berishi ham mumkin. Jon Tailandning “Bangkok Yunayted” jamoasi tarkibida sermahsul o'yin namoyish etmoqda. Lekin KXDR bilan bahsda o'ynagan Jon Yamanga qarshi uchrashuvda zaxirada qoldirilgandi. Bahraynda Alo Hubayl saviyasidagi hujumchi hozir yo'q. Tarkibda hozir bor bo'lgan hujumchilar barqaror o'yin ko'rsata olishmayapti.

Bahrayn SHarqiy Osiyo jamoalari singari pressing uyushtiravermaydi va o'yinda juda tartibli harakat qilmaydi. Ketma-ket aniq to'p oshirishlar yordamida raqibning chalg'itish mumkin. Bu arab futboliga oid asosiy kamchilik va biz foydalanishimiz mumkin bo'lgan jihat. Bahrayn to'pni oldirganda himoyalanishda tushunmovchiliklar ko'p yuzaga keladi. Aksariyat vaziyatlarda himoyachilar va ularning o'rnini egallagan markaziy yarim himoyachilar bo'sh hududlarni qoldirishadi. KXDR bilan bellashuvda gol aynan shunday xatodan keyin urilgandi. Kolumbiya esa ancha yuqori saviyadagi jamoa bo'lgani uchun xatolarni majburan yuzaga kelgan deb hisoblaymiz.

Standart holatlar avval ushbu jamoaning asosiy kuchlaridan biri sanalardi. Mahmud Abdulrahmon ikki marta bizni JCH-2010 saralash bahslarida jazolagani ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. Yaman va KXDR bilan o'yinlarda bunday holatlardan keyin etiborli vaziyatlar sodir etilmagan. Lekin standart holat va undan foydalanishda aniq bir ko'rsatkich mavjud emas. Bazan omad kelishi, bazida bir necha o'yinlar davomida biror zarba berilmasligi mumkin. Muhimi, bizning futbolchilar raqib shunday imkoniyatga ega bo'lganda xatoga yo'l qo'ymasligi. Aksincha, o'zimizning imkoniyatlar paytida ulardan samara chiqarishga urinish darkor. Ushbu bosqichda har uch o'yinda standart holatlar bizga omad keltirdi. KXDRga 2, Yamanga 1 va Filippinga 1 golni aynan shunday vaziyatlardan keyin urdik.

Bahrayn futbolining umumiy saviyasi biznikidan baland emas. Futbolchilar borasida ham shunday deyish mumkin. Lekin maydonda barchasini o'yin va jamoalarning o'sha kungi tayyorgarligi belgilab beradi. Riffadagi bellashuvda milliy terma jamoamiz muhim g'alabaga erishib, barchamizga xursandchilik taqdim etadi deb umid qilamiz.

Quyida Bahrayn terma jamoasining guruhda o'tkazgan uchta o'yinni qanday taktikada boshlab, qanday yakunlanganini ko'rishingiz mumkin. Bahrayn terma jamoasi azolari qizil nuqtalarda belgilangan.



Filippin - Bahrayn 2:1


Bahrayn - KXDR 0:1


Yaman - Bahrayn 0:4


Behzod NAZAROV.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика