So’nggi yangiliklar

01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  1 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  3 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  1 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  0 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  1 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  0 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  4 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  5 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  42 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4

G'ulomhaydar G'ulomov: Muvaffaqiyatsizligimda birovni ayblamayman Yangiliklar

G'ulomhaydar G'ulomov: Muvaffaqiyatsizligimda birovni ayblamayman

O'zbekiston chempionati oliy ligasida 27-tur uchrashuvlari ham yakunlandi. Mavsum tugashiga uchta tur qolgan bir paytda ham sovrinli o'rinlar, ham kuchlilar safida qolish uchun kurash avjiga chiqdi.

Turnir jadvali markazida joylashgan jamoalar esa qolgan o'yinlarni shunchaki rasmiyatchilik uchun o'tkazib qo'yishadi. Oliy ligadagi o'rnini deyarli saqlab qolgan klublardan biri bu Mashaldir. Muborakliklar 25-tur doirasidagi uchrashuvda asosiy raqiblaridan biri Olmaliqni qabul qilib, muhim uch ochkoni qo'lga kiritishdi. Bu bilan gazchilar eng yaqin taqibchilaridan sakkiz ochkoga o'zib ketishdi. Agar Igor SHkvirin shogirdlari o'sha o'yinda g'alaba qozonishganida, oradagi farq minimal darajaga qisqarar edi. Biz mazkur uchrashuvdan so'ng Mashal yarim himoyachisi G'u-lom Haydar G'ulomovdan intervyu oldik.

- Olmaliqqa qarshi kechgan o'yindan qanday taassurotlar qoldi?


- Ayrim sabablarga ko'ra, ushbu o'yin qaydnomasiga kiritilmadim. Men uchun bu biroz tushunarsiz holat bo'ldi. Bir kun avval yoshlar ligasidagi o'yinda maydonga tushgan edim. SHu bois, Olmaliqqa qarshi kechgan uchrashuvni tribunada, xuddi muxlisdek kuzatishga to'g'ri keldi. SHuni aytishim kerakki, olmaliqliklarda o'yin uslubi yo'qolgan. Bu nafaqat mening, balki ko'pchilikning fikri. Jamoaning o'tgan yilgi o'yin-larini ko'rmayapmiz. Buning aniq sabablarini bilmayman. Fikrimcha, jamoaning ichki muhiti bilan bog'liq bo'lsa kerak. Yana bir bor takrorlayman, bu mening shaxsiy fikrim. Bevosita o'zimizning jamoa o'yiniga kelsak, biz chiroyli futbol emas, natija uchun o'ynadik. CHempionatning so'nggi turlarida ochko suv va havodek zarur bo'ladi. Uchrashuv juda ham qiziqarli kechdi. Ayniqsa, bahsning so'nggi 10-15 daqiqasi shiddatli o'tdi. Hujumkor yarim himoyachimiz Zafar To'raev zaxiradan maydonga tushirilgach, o'yinimiz yanada kuchaydi. O'sha payt hisob 1:1 bo'lib turgandi. Tabiiyki, bu natija bizni qoniqtirmasdi. Aynan Zafarning to'p uzatishidan so'ng Zohir Qo'ziboev jamoamizga g'alaba keltirgan to'pni mehmonlar darvozasiga kiritdi. Murabbiy qanday ko'rsatma berdi, tanaffus chog'ida nimalar degan, bundan xabarim yo'q.

- Murabbiy bilan o'rtangizda hech qanday muammo yo'qmi? Balki shaxsiy adovati bordir?


- Uzr, bu savolingizga javob bera olmayman. Jamoaning ichki muhiti, futbolchi va murabbiylar o'rtasidagi munosabat bu klubning ichki siri deb hisoblayman. Balki noto'g'ri fikrlayotgandirman, lekin shaxsan men shunday fikrdaman. Hayot bir tekis emas. Bu yo'lning o'nqir-cho'nqirlari bo'ladi. Eng asosiysi, pastga tushgandan keyin yana bir bor kuchni to'plab, manzil sari olg'a intilish kerak. Bu hayot insonni faylasufga aylantirib qo'yar ekan.

- Lekin bu sizga tasir qilgandir?


- Muvaffaqiyatsizligimda birovni ayblashni yomon ko'raman. Demak, qaerdadir noto'g'ri qarorga kelganman. Hamisha aybni o'zimdan izlayman. Xato va kamchiliklarimni tahlil qilib, ularni takrorlamaslikka intilaman.

- Mashal joriy mavsumni bir tekis o'tkaza olmayapti. Buning sabablarini o'rganib chiqdinglarmi?

- Albatta, har bir o'yindan oldin tahlil o'tkazamiz. Murabbiyimiz o'zining ishiga juda ham jiddiy va professional tarzda yondashadi. Futbolda yuqori natijalarni ko'rsatish uchun jamoada kamchiliklar bo'lmasligi kerak. Muammo yuzaga keldimi, o'sha jamoaning ishlari orqaga keta boshlaydi. Murabbiy yoki futbolchilar bu muammolar haqida bosh qotirmasliklari lozim. Afsuski, hozir aksariyat klublarimizda shunday kamchilik bor. Futbolchi va murabbiy butun etiborini mashg'ulot hamda o'yinga qaratishi kerak.

- Sizningcha, Mashal oliy ligada qolish vazifasini uddaladimi?

- Xuddi shunday. Keyingi mavsumni ham elitada o'tkazish uchun zamin hozirladik, deb o'ylayman. Kerakli va muhim ochkolar qo'lga kiritildi.

- Oldinda Obodga qarshi uchrashuv (bu o'yin kecha o'tkazildi, - muallif) kutib turibdi. Oliy liga debyutanti haqida qanday fikrdasiz?


- Jamoa tarkibi yosh futbolchilardan iborat. SHunga bo'lsa kerak, Obod o'zidan yaxshi taassurot qoldiryapti. Kutilmagan natijalarni qayd etyapti. Ayniqsa, birinchi davraning dastlabki turlarini juda yaxshi o'tkazdi. So'nggi o'yinlarda ham o'ta zarur ochkolarni qo'lga kiritdi. Birinchi davra uchrashuvida Obod­ni o'z maydonimizda yirik hisobda mag'lub etgan edik. Lekin javob uchrashuvida bizga oson bo'lmaydi. Buni aniq ayta olaman. CHunki Obod oliy ligada qolish uchun oxirigacha kurashmoqchi.

- Bu yilgi chempionatning kutilmagan holatlarini nimalarda ko'rdingiz?


- Turnir jadvalining quyi pog'onalarida borayotgan jamoalar etakchilarga jiddiy qarshilik ko'rsa-tishyapti. CHempionlik uchun kurashayotgan klublardan ochko tortib olish-yapti. Murosasiz o'yinlar ko'p bo'ldi. Avvallari bu kabi kutilmagan natijalar deyarli qayd etilmasdi.

- Katta ehtimol bilan mavsum so'ngida jamoangizni o'zgartirasiz, shundaymi?


- Bu haqda o'ylashga hali biroz erta bo'lsa kerak. Agar mavjud holatdan kelib chiqib aytsam, balki o'zgarish ro'y berar. Lekin hozir ayni masalada bosh qotirmayapman. Bor etiborim Mashal bilan mavsumni yuqoriroq o'rinlarda yakunlashga qaratilgan. Kelajak haqida o'ylashga hali fursat bo'ladi.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика