G'ulom Haydar G'ulomov: “Murabbiyimiz bizdan juda ham qattiq xafa bo'lgan ko'rinadi”
21 okt 2016 14:19
Yangiliklar
G'ulom Haydar G'ulomov: “Murabbiyimiz bizdan juda ham qattiq xafa bo'lgan ko'rinadi”
Toshkentning “Obod” klubi o'z uyida Muborakning “Mashal” jamoasini qabul qiladi. ushbu bahs oldidan “Mashal” klubi futbolchisi G'ulom Haydar G'ulomov o'z fikrlarini bildirdi.
"Obod” jamoasi bilan bo'ladigan o'yinga tayyorgarlikni kechadan boshlab yubordik. “Lokomotiv”ga qarshi qoldirilgan 20-tur bahsida mag'lub bo'lganimizdan so'ng murabbiyimiz bizdan juda ham qattiq xafa bo'lgan ko'rinadi. Mashg'ulotlarda ham qattiq gapirib vazifalar bermoqda. O'zimiz xato qilganimizni anglagan holda Xomyakov bizga yuklayotgan mashqlarni va ko'rsatmalarni bor kuchimiz bilan ado etmoqdamiz.
Birinchi davrada “Obod” klubini yirik hisobda mag'lub etganimizni inobatga olmagan holda tayyorgarlik ko'ryapmiz. CHunki “Obod” o'z uyida ko'plab jamoalarni muhim ochkolardan mahrum qilmoqda”, - deydi “Mashal” jamoasi futbolchisi G'ulom Haydar G'ulomov.
Jahongir Sotvoldiev
Fikrlar