G'ulom Halimtoevning xayrlashuv uchrashuvi o'tkazildi
23 noy 2015 16:33
Yangiliklar
G'ulom Halimtoevning xayrlashuv uchrashuvi o'tkazildi
Xayrlashuv o'yini Zangiota tumanidagi "Lochin" stadionida tashkil etildi.
Tadbirga Halimtoev bilan birga o'ynagan, shuningdek, uni yaqindan taniydigan bir nechta do'stlari va tanishlari tashrif buyurishdi. Ular orasida Sardor Qobuljonov, Oleg Zoteev, SHerzod SHaripov, Rustam Yaraliev, Jamshid Hamraliev, Abduqahhor Hojiakbarov, Ilnur Xazigaliev, Saidkomil Akbarov, SHuhrat Yo'ldoshev, Sahob Jo'raev, Asror Aliqulov, Mamur Ikromov, Azamat Isroilov, Sanjar SHoahmedov kabi futbolchilarni uchratdik.
Xayrlashuv o'yinida jamoalar ikkiga bo'linib 20 daqiqadan futbol o'ynashdi. Bunda 6:4 hisobi bilan G'ulom Halimtoevning jamoasi g'alaba qozondi. Bunda Sanjar SHoahmedov ikkita to'p kiritgan bo'lsa, Ilhom Mo'minjonov, G'ulom Halimtoevning o'zi, Akmal Risqullaev va Halimtoevning o'g'li Nortoy bittadan gol urishdi.
Ikkinchi jamoa safida esa Oleg Zoteev bilan Jamshid Hamraliev ikkitadan gol urishdi. Tadbir so'nggida G'ulom Halimtoevning otasi Tohir aka o'g'lining xayrlashuv o'yiniga tashrif burgan barcha-barchaga minnatdorchilik bildirib duo qildilar.
Fikrlar