Gullit: "Van Deyk rasvo o'ynadi"
19 fev 2020 18:38
Yangiliklar
Gullit: "Van Deyk rasvo o'ynadi"
Kecha tunda ECHL 1/8 final birinchi uchrashuvi doirasida "Atletiko" jamoasi "Liverpul"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.
Niderlandiya terma jamoasi va "Milan" sobiq futbolchisi Ruud Gullit bahsdan so'ng "qizillar" himoyachisi Virjil van Deykni tanqid qildi.
"Van Deyk "Atletiko" bilan uchrashuvda rasvo o'ynadi. U raqibga burchak zarbasini sovg'a qildi va bu golga olib keldi. U no'noq harakatlandi. "Atletiko"ni biroz omadi keldi va ular gol urishdi.
"Liverpul" futbolchilari "Enfild"da ko'p gol urishlarini bilishadi. Lekin, ular javob bahsida yaxshiroq va tezroq harakatlanishlari zarur", - deya Gullitning so'zlarini keltirdi "The Mirror" nashri "beIN SPORTS"ga tayangan holda.

"Liverpul" va "Atletiko" jamoalari o'rtasidagi javob o'yini 11 mart kuni "Enfild"da bo'lib o'tadi.
28 yoshli van Deyk joriy mavsum jami 36ta o'yin o'tkazdi va 4ta gol urdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar