Gruziyalik futbolchi “Napoli”da Kavani va Kalexonning natijasini takrorladi
22 avg 2022 09:50
Yangiliklar


Gruziyalik futbolchi “Napoli”da Kavani va Kalexonning natijasini takrorladi
A Seriya 2-turida “Napoli” 3:0 hisobida debyutant “Monca”ni taslim etdi.
Xvicha Kvaracxeliya uchrashuvda o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. U dastlabki turda “Verona”ga qarshi o'yinda ham gol urgandi.
Gruziyalik hujumchi 2010 yildan beri “Napoli” safidagi ilk ikki uchrashuvda gol urgan 4-futbolchiga aylandi. Avvalroq, bunday natijaga Edinson Kavani (2010), Xose Kalexon (2013) hamda Lorenco Tonelli (2017) erishgandi.
Kvaracxeliya ushbu yoz “Dinamo” (Batumi)dan neapolliklar safiga kelib qo'shildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar