So’nggi yangiliklar

11:35"Навбаҳор"га РРЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  1 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  6 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  11 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  2 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  9 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  11 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  33

Evro-2024. Gruziya - CHexiya uchrashuvida g'olib nomi aniqlanmadi Yangiliklar

Evro-2024. Gruziya - CHexiya uchrashuvida g'olib nomi aniqlanmadi

Gruziya hamda CHexiya o'rtasida o'tkaziladigan Evro-2024 guruh bosqichi 2-tur uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Georgia

Georges Mikautadze - 45'

EURO Grp. F . 2-tur

22/06/2024, 19:00

1
:
1
Tugadi

Czechia

Patrik Schick - 59'

Stadion: Volksparkstadion, 46524 tomoshabin

Bosh hakam: Daniel Siebert

45'
90'
36'  Guram Kashia
45'  Georges Mikautadze
62'  Giorgi Tsitaishvili (Luka Lochoshvili)
62'  Zuriko Davitashvili (Giorgi Chakvetadze)
82'  Khvicha Kvaratskhelia (Saba Lobjanidze)
82'  Solomon Kverkveliya (Giorgi Gvelesiani)
82'  Giorgi Gvelesiani
83'  Anzor Mekvabishvili
88'  Georges Mikautadze (Giorgi Kvilitaia)
90'  Giorgi Kochorashvili
18'  Vladimir Coufal
23'  Adam Hlozek
40'  Lukas Provod
47'  David Jurasek
53'  Tomas Holes
55'  Vaclav Cerny (Matej Jurasek)
55'  Adam Hlozek (Ondrej Lingr)
59'  Patrik Schick
68'  Patrik Schick (Mojmir Chytil)
81'  Tomas Soucek
81'  Lukas Provod (Antonin Barak)
81'  David Jurasek (Petr Sevcik)

Evro-2024. "F" guruhi. 

Gruziya – CHexiya 1:1 (TUGADI)

Gamburg. "Folksparkshtadion" stadioni. 

Hakam: Daniel Zibert

Gol: Georgis Mikautadze (penalti) 45+3, 1:0, Patrik SHik 59, 1:1

Gruziya – Mamardashvili, Kakabadze, Kashiya, Kverkveliya (Gvelesiani, 82) Dvali, Citaishvili (Lochoshvili, 62)  Kochorashvili, Mekvabishvili, Davitashvili (CHakvetadze, 62) Kvaracxeliya (Lobjanidze, 82) Mikautadze (Kvilitaya, 88)

CHexiya – Stanek, Coufal, Granach, Golesh, Kreychi, Yurasek (SHevchik, 82) Provod (Barak, 82)  Souchek, CHerny (M. Yurasek, 55), SHik (Xitil,68) Glojek (Lingr, 55)

Ogohlantirish: Vladimir Coufal (CHexiya) 18, Guram Kashiya (Gruziya) 36, Lukash Provod (CHexiya) 40, David Yurasek (CHexiya) 47, Tomash Souchek (CHexiya) 80, Georgiy Gvelesiani (Gruziya) 82, Anzor Mekvabishvili (Gruziya) 83


MATNLI TRANSLYACIYA




Uchrashuv yakunlandi. 

90+5. ZARBAAAAAAAAA. Lobjanidze juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Qarshi hujumda oldinga o'tdi va darvozabon bilan birga bir vaziyatda to'pni yuqoriga tepdi. 

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

88. O'ZGARISH. Gruziya, Georgis Mikautadze o'rniga Georgiy Kvilitaya tushdi. 

82. O'ZGARISH. Gruziya, Solomon Kverkveliya o'rniga Georgiy Gvelesiani, Xvicha Kvaracxeliya o'rniga Saba Lobjanidze tushdi. 

82. O'ZGARISH. CHexiya, Lukash Provod o'rniga Antonin Barak, David Yurasek o'rniga Petr SHevchik tushdi. 

80. OGOHLANTIRISH. Tomash Souchek, CHexiya terma jamoasi. 

77. ZARBAAA. Yana Mamardashvili jamoasining joniga oro kirdi. 

68. O'ZGARISH. CHexiya, Patrik SHik jarohat sabab o'yinni davom ettira olmaydi. Uning o'rniga Moymir Xitil tushdi. 

62. O'ZGARISH. Gruziya terma jamoasi safida Georgiy Citaishvili o'rniga Luka Lochoshvili, Zuriko Davitashvili o'rniga Georgiy CHakvetadze tushdi.

59. GOOOOOOOOOOOOL. Patrik SHik bugun oxiri niyatiga etdi. Burchak zarbasidan so'ng darvoza ustuniga tegib qaytgan to'pni SHik golga aylantirdi. Hisob tenglashdi. 

57. ZARBAA. Gruziyadan tezkor qarshi hujum. Zarba noaniq. 

55. O'ZGARISH. CHexiya, Vaclav CHerny o'rniga Matias Yurasek, Adam Glojek o'rniga Ondrjey Lingr tushdi. 

53. Gruziya ikkinchi bo'limda to'pni yaxshi nazorat qilmoqda. CHexiya asosan qo'pollik evaziga raqibini to'xtatib qolyapti. 

52. OGOHLANTIRISH. Tomash Golesh, CHexiya. 

47. OGOHLANTIRISH. David Yurasek, CHexiya terma jamoasi

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Tanaffus!

45+3. ZARBAAAAA. Patrk SHikdan kuchli zarba. Mamardashvili qanday zarrbani qaytardi. Birinchi bo'lim qahramoni aynan u. 

45+3. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Georgis Mikautadze zarbada adashmadi.

45+2. PENALTI. Hakam VAR monitorida vaziyatni ko'rdi va 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi. 

45+1. Hakam CHexiya darvozasiga penalti belgilashi mumkin. To'p chexiyalik futbolchi  Granachning qo'liga tekkan ekan.

45+1. ZARBAAAA. Gruziya juda qulay vaziyatni ko'kka sovurdi. 

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

40. OGOHLANTIRISH. CHexiya, Lukash Provod

36. OGOHLANTIRISH. Gruziya, Guram Kashiya. 

29. ZARBAA. Glojekdan yana bir zarba. Mamardashvili o'z o'rnida. 

27. CHexiyadan bir tepar uslubida chiroyli kombinaciya. Glojek, Souchek kombinaciyasi gol bilan yakunlanmadi. Lekin kirib borish chiroyli chiqdi. 

23. Yo'q gol hisobga olinmadi. To'p qo'lga tekkani malum bo'ldi. VAR va hakam tezkor qaror qabul qildi. 

22. GOOOOOOOOOOOL. CHexiya terma jamoasi uchrashuvda hisobni ochdi. Jarima maydonchasi ichidagi to'qnashuv va tartibsizlikdan Adam Glojek foydalanib Mamardashvili darvozasini ishg'ol qildi.  Hakam VAR orqali vaziyatni tekshirmoqda. 

18. OGOHLANTIRISH. CHexiya, Vladimir Coufal

14. CHexiyadan navbatdagi hujum. Mamardashvili to'pni mushti bilan urib chiqarib yubordi. Ustunlik CHexiya tomonida. Gruziya qarshi hujumni poylamoqda. 

9. ZARBAA. SHikdan yana zarba. To'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi. 

7. Citaishvili katta tezlikda qarshi hujumga o'tdi. Lekin chexiyalik himoyachining to'sig'idan o'ta olmadi. 

5. Hujum qilish Gruziyaga. Yakun esa samarasiz. 

4. ZARBAAA.  Glojekning zarbasini  Mamardashvili qaytardi. Keyingi zarbani Patrki SHik yo'lladi. Uni ham gruziyalik posbon qaytardi. "Valensiya" darvozaboni bu vaziyatda haqiqiy qahramonlik ko'rsatdi. 

2. Gruziya ilk daqiqalardan hujumkor o'yin ko'rsatmoqda. CHexiya himoyachilari o'z o'rnida tartibli harakat qilishdi. 

Uchrashuv boshlandi. 

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. Ikki mamlakat madhiyalari yangradi. 

- Gamburgdagi "Folksparkshtadion" arenasi bugun mazkur uchrashuvga mezbonlik qiladi. 

- Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari. Evropa chempionati "F" guruhidan o'rin olgan Gruziya - CHexiya uchrashuvidan matnli translyaciyamizni boshlaymiz. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика