Grizmanning maoshi - yiliga 35 mln evro atrofida. "Barsa" transfer uchun unga qo'shimcha pul to'lashi ham mumkin
23 iyu 2021 18:24
Yangiliklar
Grizmanning maoshi - yiliga 35 mln evro atrofida. "Barsa" transfer uchun unga qo'shimcha pul to'lashi ham mumkin
"Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann Kataloniya klubidan ketish uchun maoshining kamayishiga rozi emas.
35 million evro atrofida maosh oladigan futbolchi agar transfer amalga oshsa, yangi klubida ham shuncha ishlamoqchi. SHu sabab "Barselona" francuzga transferdan keyin ham to'lashi mumkin.
Qayd etish kerakki, "Atletiko" bilan Grizmanni Saulga almashish borasidagi almashinuv ham to'xtab qoldi. Klublar bitim shartlari bo'yicha kelisha olishmadi.
Antuan Madrid klubiga qaytishni xohlaydi. Bunday variant unga APL jamoalariga o'tishdan ko'ra ko'proq yoqadi.
30 yoshli hujumchi o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 36ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 7ta assist qayd etdi.
Fikrlar